Samarali tovar kartochkasini qanday yaratish kerak
Xaridorga tanlashda yordam beradigan rasm, infografika, nom va tavsif.
Marketplace’da xaridor tovarni qo‘liga ololmaydi. U faqat kartochkani ko‘radi. Shuning uchun kartochka — bu sizning sotuvchingiz.
Asosiy rasm
- Oq yoki neytral fon, tovar kadrni to‘liq egallaydi.
- Birinchi rasmda ortiqcha matn bo‘lmasin — u qidiruv natijalarida kichik ko‘rinadi.
- Kamida 5–7 ta rasm: turli burchaklar, o‘lcham, foydalanish holati.
Infografika
Infografika xaridorning savollariga javob beradi: o‘lcham, material, to‘plam tarkibi, asosiy afzalliklar. Har bir slaydda bitta fikr bo‘lsin.
Nom
Nom quyidagi tartibda tuziladi: tovar turi + asosiy xususiyat + brend/model. Xaridorlar qidiruvda yozadigan so‘zlardan foydalaning, lekin nomni kalit so‘zlar bilan to‘ldirib yubormang.
Tavsif va xususiyatlar
- Barcha xususiyatlarni to‘liq to‘ldiring — filtrlar aynan ular bo‘yicha ishlaydi.
- Tavsifda tovar qanday muammoni hal qilishini oddiy tilda yozing.
- Ko‘p beriladigan savollarga oldindan javob bering.
Sharhlar
Birinchi sharhlar kartochka uchun juda muhim. Har bir sharhga javob bering, ayniqsa salbiylariga — bu boshqa xaridorlarga ishonch beradi.
Kurs davomida kurator kartochkalaringizni ko‘rib chiqadi va nimani yaxshilash kerakligini aytadi.