Ko‘p beriladigan savollar
Ta’lim, platforma, tariflar va to‘lov haqida.
Javob topmadingizmi? Bizga yozing — dastur tanlashda yordam beramiz.
Ta’lim kimlarga mos?
Tajribasiz yangi boshlovchilar, Uzum Market’dagi yangi va faol sotuvchilar, shuningdek marketplace menejeri kasbini egallamoqchi bo‘lganlar uchun.
Noldan boshlasa bo‘ladimi?
Ha. «Uzum Seller: Start» kursi tajribasi va do‘koni yo‘qlar uchun mo‘ljallangan.
Oldindan do‘konim bo‘lishi kerakmi?
Yo‘q. Do‘kon ta’lim jarayonida ochiladi. PRO kursi uchun do‘kon bo‘lgani ma’qul.
Ta’lim qayerda o‘tadi?
Alohida Pro Seller Academy onlayn platformasida. Bu sayt dastur tanlash va ariza qoldirish uchun.
Platformaga qanday kiraman?
To‘lovdan keyin login va yo‘riqnomani Telegram orqali olasiz. Kirish — sayt yuqorisidagi «Platformaga kirish» tugmasi orqali.
Ta’lim qancha davom etadi?
Dastur va tarifga bog‘liq: 6 haftadan 10 haftagacha.
Kurator bormi?
PRO va VIP tariflarida bor. VIP tarifida kurator shaxsiy.
Uy vazifalari tekshiriladimi?
Ha, PRO va VIP tariflarida topshiriqlarni kurator tekshiradi.
Muddatli to‘lov bormi?
Ha, barcha tariflar uchun muddatli to‘lov mavjud. Aniq shartlarni menejer aytib beradi.
Telefondan o‘qisa bo‘ladimi?
Ha, platforma telefon, planshet va kompyuterda ishlaydi.
Tarifga nimalar kiradi?
Har bir tarif tarkibi «Tariflar» sahifasidagi solishtirish jadvalida ko‘rsatilgan.
To‘lovdan keyin nima bo‘ladi?
Menejer to‘lovni tasdiqlaydi, siz platformaga kirish huquqini olasiz va o‘qishni boshlaysiz.
Sertifikat beriladimi?
Ha, kursni tugatib, yakuniy topshiriqni bajarganlarga Pro Seller Academy sertifikati beriladi.
Marketplace’da birinchi qadamni qo‘yishga tayyormisiz?
Ta’lim dasturini tanlang va ko‘nikmalaringizni hoziroq rivojlantirishni boshlang.